Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo`limi va DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlarda "Mayning-ferma" tashkil qilib noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib, 900 million so`m zarar keltirgan fuqaro aniqlandi.
Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1994 yilda tug`ilgan Q.B. noqonuniy ravishda o`z yashash xonadonida 21 ta faol "mayning" qurilmalaridan foydalanib "Mayning-ferma" tashkil qilgan.
"Mayning-ferma" faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz elektr energiyasidan foydalanib kelganligi hamda ushbu xonadon egalari elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan hisoblagichlarsiz ulanib, 900 million so`m miqdorida zarar etkazganligi ma`lum bo`lgan.
Qayd etilishicha, hozirda Q.B.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






