AsosiyDunyo

Rossiya tomonidan Ukrainadagi urushga yuborilgan 43 yoshli erkakning jasadi O`zbekistonga olib kelindi (video)

'Rossiya tomonidan Ukrainadagi urushga yuborilgan 43 yoshli erkakning jasadi O`zbekistonga olib kelindi (video)'ning rasmi

Rossiyada 5 yillik qamoq jazosini o`tayotgan O`zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi. Uning jasadi 30 yanvar kuni Qoraqalpog`istonning Ellikqal`a tumanidagi yaqinlariga topshirildi, deb xabar qildi. O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati.

Erkak bolaligidan ota-onasi ajrashganligi sabab ishlab pul topgan. U payvandchilik hunarini o`rganib olgani uchun O`zbekistonda ham daromadi yaxshi bo`lgan.

Onasining aytishicha, ancha yillar oldin do`stlariga qiziqib, Moskvaga ishlash uchun ketgan.  2008 yilda uylangan, bir nafar qiz farzand ko`rgan. Qizi bir yoshga to`lganda farzandini buvichining qaramog`iga tashlab, xotini bilan Rossiyaga ishlashga ketgan.

U hastalanib, O`zbekistonga qaytadi, ikki yildan so`ng, ya`ni 2019 yilda yana Moskvaga ketadi. Ko`ngliga g`ashlik aralashgan ona bu gal o`g`lini Rossiyaga borishiga qarshilik bildiradi. Erkak 40 yil avval qurilgan yashash xonadoning ta`miri uchun pul ishlab kelishini aytib, onasini ko`ndiradi.

O`sha yilning dekabrida ishchilar bilan mojaro tufayli u 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

U 2022 yil oxirida qarindoshlari bilan aloqaga chiqmay qo`yadi. Yanvar oyida yaqinlariga uning vafoti haqida xabar keladi.

Ukrainaga o`z ixtiyori bilan yuborilganmi yoki majburlov ostidami — yaqinlari bu haqda hech kim bilmaydi.

 

 

    Boshqa yangiliklar