AsosiyJamiyat

11 mart kuni o`tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 18 mart sanasiga ko`chirildi

'11 mart kuni o`tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 18 mart sanasiga ko`chirildi'ning rasmi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko`rki” shiori ostida 2023 yil 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o`tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro`z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko`rish va uyushqoqlik bilan o`tkazish maqsadida 2023 yil 11 martdan 18 martga ko`chirildi.

Eslatib o`tamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab-quvvatlash maqsadida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar