AsosiyJamiyat

Xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reestri shakllantiriladi

'Xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reestri shakllantiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli etkazib beruvchilari bilan tuzilgan to`g`ridan-to`g`ri shartnoma asosida import qiluvchilar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
 Nizomga ko`ra, reestrga kirish uchun ariza beruvchi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ariza yuboradi.
 Arizaga, jumladan, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
- ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli etkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar; 
- mahsulot etkazib berish bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri tuzilgan import shartnomalari; 
- tovarlarning sifati yoki xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki ma`lumot.

 Ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida ko`rib chiqiladi.

 Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reestrga kiritilganligi to`g`risidagi sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi. 

Reestrga kiritish bo`yicha arizani ko`rib chiqish uchun to`lov qiymati har bir import shartnoma summasining, qo`shimcha kelishuvlar bo`yicha – qo`shimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo`shilgan holda undiriladi.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun BHMning 5 barobari (1,5 mln so`m) miqdorida to`lov undiriladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar