Rossiya Ukrainadagi harakatlarini qo`llab-quvvatlashi uchun Eron bilan misli ko`rilmagan harbiy hamkorlikni yo`lga qo`ydi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma`lum qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
“Eronning Ukraina bo`yicha qo`llab-quvvatlashi ortidan Rossiya Tehronga misli ko`rilmagan harbiy hamkorlik, jumladan, raketa va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini taklif qildi”, – degan u Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bilan matbuot anjumanida.
Pentagon rahbarining so`zlariga ko`ra, RF-Eron hamkorligini Ukrainada ishlatilayotgan dronlarda ko`rish mumkin. Janob Ostinning fikricha, Tehron ushbu mojarodan katta tajriba olmoqda. Bu tajribadan Yaqin Sharqdagi Eron homiyligi ostidagi guruhlar foydalanishidan xavotir bildirgan.
Lloyd Ostin shu kunlarda Yaqin Sharqda bo`lib turibdi. Muhokamalar markazida Eron yadro dasturi va mintaqa xavfsizligiga boshqa tahdidlar masalasi turibdi.






