AsosiyJamiyat

“Uzbekistan Airways”ga yangi rais tayinlandi

'“Uzbekistan Airways”ga yangi rais tayinlandi'ning rasmi

 “Uzbekistan Airways” AJ yagona aksioneri – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko`ra, joriy yilning 10 mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.


Ma`lumot uchun:
Shuxrat Xudaykulov 1984 yil 26 iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviasiyasi universitetining “Aviasiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxasisligini tamomlagan. Shuxrat Xudaykulov 2006 yil “O`zbekiston havo yo`llari” MAK jamoasiga kelib qo`shilgan va o`z faoliyatini “Toshkent” halqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan. 2006-2019 yillar oralig`ida “O`zbekiston havo yo`llari” MAKda turli lavozimlarda, jumladan, aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan.
“Uzbekistan Airways” AJda tijorat va turizm bo`yicha Boshqaruv raisi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar