AsosiyJamiyat

Bugun qator hududlarda yomg`ir yog`adi - “O`zgidromet”

'Bugun qator hududlarda yomg`ir yog`adi - “O`zgidromet”'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-26° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuazaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar