Shahrixon tumanidagi savdo do`konida yoshi katta erkak 14 yoshli bolani do`pposlab tashlagan video tarqaldi.
Holat bo`yicha Shahrixon tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.
Ma`lum bo`lishicha, Shahrixon tumani, Mullavoy MFYda yashovchi 1980 yilda tug`ilgan T.L bugun soat 10:00 larda ukasining farzandi 2010 yilda tug`ilgan jiyani A.X.ni fuqaro M.S bilan urushganligidan xabar topib, M.S ishlaydigan savdo do`koniga borib, uning yuzi va tanasining turli qismlariga tan jarohatlar etkazganligi ma`lum bo`ldi.
"Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.






