AsosiyJamiyat

So`nggi ikki oyda eng ko`p chaqaloq qaysi hududda tug`ilgani ma`lum bo`ldi

'So`nggi ikki oyda eng ko`p chaqaloq qaysi hududda tug`ilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Statistika agentligiga ko`ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida FHDYo organlarida respublika bo`yicha 141 090 ta tirik tug`ilish holatlari qayd etilgan.

Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 714 taga (3,5%) ko`paygan.

Hududlar kesimida tug`ilishlar soni:

- Samarqand viloyati – 16 500 nafar
- Farg`ona viloyati – 15 099 nafar
- Qashqadaryo viloyati – 14 766 nafar
- Surxondaryo viloyati – 13 010 nafar
- Andijon viloyati – 12 469 nafar
- Toshkent shahri – 12 291 nafar
- Namangan viloyati – 12 145 nafar
- Toshkent viloyati – 11 062 nafar
- Buxoro viloyati – 6 612 nafar
- Xorazm viloyati – 6 501 nafar
- Qoraqalpog`iston – 6 436 nafar
- Jizzax viloyati – 6 365 nafar
- Navoiy viloyati – 4 185 nafar
- Sirdaryo viloyati – 3 649 nafar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar