AsosiyJamiyat

UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi Samarqandda o`tkaziladi

'UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi Samarqandda o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Samarqandda BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada o`tkazishga doir qaror qabul qilindi. Hujjatga ko`ra, UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi 2023-yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida o`tkaziladi.

“2023 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining “2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorda tadbirni yuqori darajada o`tkazish uchun kerakli chchora-tadbirlar ko`rsatilgan.

Xususan, Bosh assambleya doirasidagi tadbirlarda qatnashadigan chet ellik mehmonlar uchun Samarqand haqidagi umumiy ma`lumotlarga ega maxsus qo`llanma ishlab chiqish rejalashtirilgan. 
Qolaversa, qarorda “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazi va madaniy meros obektlari, turizm, ekoturizm infratuzilmasi hamda xalqimizning hayotini aks ettiruvchi foto va videomateriallar, “Samarqand — Yangi O`zbekistonning turizm darvozasi” va boshqa mavzulardagi targ`ibot materiallarini tayyorlash hamda keng tarqatish ko`zda tutilgan. 

Sessiyada yurtimizning qadimiy shaharlaridan biri – Shahrisabz shahri “2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi uchun nomzod sifatida taqdim etiladi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston 2021 yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo`lib o`tgan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasida tashkilotning yubiley 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini qo`lga kiritgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar