AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab o`quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo`ydi

'Toshkentda maktab o`quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Joriy yilning 11 mart kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida maktab o`quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo`ydi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, soat 14.00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o`quvchilari — 2006 yilda tug`ilgan T.A. ham 2005 yilda tug`ilgan O.J. shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol o`ynayotgan vaqtida o`zaro og`zaki gap talashib qolgan. Shundan so`ng voyaga etmagan T.A. o`zi bilan olib kelgan pichoq bilan O.J.ning bel sohasiga bir marotaba urgan. Oqibatda O.J. tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda uning holati qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda tergov olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar