AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir kuchayib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir kuchayib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining ma`lum qilishicha, 12 mart kuni respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.15 martga qadar esa respublikaning tog`li hududlarda qor ko`chish xavfi bor.

Markaz xabariga ko`ra, bugun Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13o iliq, kunduzi 15-17o daraja iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25°iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18°iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 17-22°iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17°iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Sel-suv toshqin hidisalari yuzag kelishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6-11°iliq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar