AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda o`qituvchi o`quvchiga tegajoqlik qilgani aytildi

'Kattaqo`rg`onda o`qituvchi o`quvchiga tegajoqlik qilgani aytildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo`rg`on tumanida maktab o`qituvchisi o`quvchiga tegajoqlik qilgani, qiz uksus ichib, kasalxonada yotganligi, profilaktika inspektori ishni ko`rmayotganligi, sudlar, mahalla e`tiborsiz ekanligi tanqid qilindi.

Tuman IIBga ko`ra, ushbu holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.  

2023 yil 10 fevral kuni Kattaqo`rg`on tumanidagi maktablarning birida sinf rahbari sifatida ishlab kelayotgan o`qituvchi voyaga etmagan 6-sinf o`quvchisi (qiz bola), 4 kun davomida dars qoldirganligi sababli, undan otasini chaqirishini so`ragan. 

Birozdan so`ng, maktabga o`quvchining onasi kelgan. U bilan maktab ma`muriyati gaplashib, qizining muntazam ravishda dars qoldiryotganligini tushuntirib, tushuntirish xati yozib berishini so`rashganda, u “hech narsa yozib bermayman” – deb, maktabdan chiqib ketib, turmush o`rtog`iga, qiziga o`qituvchisi tegajoqlik qilganligini aytgan. Shundan keyin, o`quvchining otasi kelib, sinfxonada guruh rahbariga baqirib, uni qo`pol so`zlar bilan xaqorat qilib, yoqasidan tortib, janjal ko`targan.  

Qizning onasi hamda o`quvchi qizning tushuntirish xatida o`qituvchining tegajog`lik qilganligi to`g`risidagi vajlari o`z tasdig`ini topmagan.  

To`plangan hujjatlar yuzasidan qizning otasini xatti-harakatida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik), onasinikida esa, 40-moddasida (Tuxmat) nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to`plangan xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Kattaqo`rg`on tuman sudiga yuborilgan.

Sud organi tomonidan o`quvchining ota-onasiga nisbatan jarima jazosi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar