Avval xabar berganimizdek, "O`zgidromet" bugun poytaxtda yomg`ir yog`ishini bashorat qilgan edi.
Ayni damda Toshkent shahrida "prognoz" qilingan yog`ingarchilik yuz bermoqda.
Buning natijasida qator hududlarni suv bosgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarga joylanmoqda.
Videolarda yaqinda qurib topshirilgan "Abu saxiy" do`konlarini ham yomg`ir sabab suv bosayotganini ko`rish mumkin.
Haydovchilar "Erkin" va "Abu Saxiy" tunnelini suv bosganidan nolishmoqda.






