Afg`oniston shimolidagi Mozori Sharif shahrida shanba kuni jurnalistlarni taqdirlash marosimi chog`ida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Trend” xabar bermoqda.
Shuningdek, portlash oqibatida sakkiz kishi, jumladan, uch nafar bola jarohatlangan.
BMTning Afg`onistondagi missiyasi hujumni qoralab, zo`ravonliklarni to`xtatishga chaqirdi. Afg`onistonda faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlarning hech biri portlash uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmagan.