AsosiyDunyo

AQShda o`zbekistonlik erkak 500 ming dollar qarzi sabab o`ldirib ketilgani aytilmoqda

'AQShda o`zbekistonlik erkak 500 ming dollar qarzi sabab o`ldirib ketilgani aytilmoqda'ning rasmi

AQShning Bruklin tumanida istiqomat qilgan va 2022 yilning 26 iyunida bedarak  yo`qolgan 43 yashar o`zbekistonlik Shehroz  Tohirovning jasadi topildi. Prokuratura bayonotiga ko`ra, jasad otib o`ldirilgan. Bu haqda "Amerika ovozi" xabar bermoqda.

Sud hujjatlariga ko`ra, Shehroz Tohirov umrining so`nggi kunida gurzin millatiga mansub ikki biznes sherigi  bilan qimmat soatlar savdosi yuzasidan uchrashgan. Hozirda ulardan biri qo`lga olingan, ikkinchisi AQShdan qochib ketgan.

Ma`lum qilinishicha, ular Tohirovdan 500 ming dollar talab qilishgan. Shehroz Tohirov yo`qolgan kuni ushbu mablag`ning bir qismini to`lash maqsadida chiqib, qaytmagan.

Qidiruv-surishtiruv xulosasida keltirillishicha, Tohirov 25 iyun kuni ertalab uyidan 100 ming dollar atrofida naqd pul bilan chiqqan. Tergovda aniqlanishicha, u gurzinlardan biriga ana shu mablag`ni, bank hisobidan echilgan yana 30 ming dollar va “Mersedes-Benz” avtomashinasini, shuningdek, 20 ming dollarlik bank cheki va 10 ming dollar naqd pul bergan.

O`sha kuni kechki soat 17:40 larda pullarni olgan gurzin Pensilvaniya shtatining Xantington shahriga borib, 2500 dollarga “Malibu” avtomashina va ikkita katta sumka sotib olayotgani kuzatuv videokameralariga tushgan.

Tergovchilar ushbu “Malibu”dan topilgan qon izlari Tohirovnikiga mos ekanini aniqlagan.

21 fevral kuni federal agentlar Bruklindan qariyb 200 kilometr olisdagi Ellenvil shahrida joylashgan uyning orqa hovlisida ikkita katta sumkaga joylab ko`milgan jasadni topishgan. Bu sumkalar Gruziyaga uchib ketgan gumonlanuvchining o`tgan yili 25 iyun kuni Bruklindan sotib olgan sumkalari bilan bir xil. U erdan, shuningdek, Tohirov yo`qolgan kuni egnida bo`lganga o`xshash kiyim-kechaklar ham chiqqan.

Hozirda sud dalillar etarli emas, deb topib gumondor gurzinni garov evaziga qo`yib yuborgan.

 

    Boshqa yangiliklar