AsosiyJamiyat

Vengriyada yirik avtohalokat oqibatida 19 ta avtomobil yonib ketdi

'Vengriyada yirik avtohalokat oqibatida 19 ta avtomobil yonib ketdi'ning rasmi

Shanba kuni Budapeshtda 42 ta avtomobil, jumladan 5 ta yuk va 37 ta engil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda “Trend” TASS agentligiga tayanib. 

Vengriya poytaxti polisiya bosh boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, to`qnashuv natijasida 19 ta avtomobil yonib ketgan, bir necha o`nlab odamlar turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Kasalxonaga 29 nafari kattalar va 10 nafari bolalar etkazilgan. 

Jabrlanganlarni evakuasiya qilish uchun 4 ta vertolyot va 16 ta tez tibbiy yordam mashinasi jalb qilingan. Shifokorlar va qutqaruvchilar guruhlari nafaqat Budapeshtdan, balki boshqa shaharlardan ham etib kelgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, jabrlanganlardan birining ahvoli shifokorlarni jiddiy tashvishga solmoqda. Voqea sodir bo`lgan qolganlarning hayoti xavf ostida emas.

Polisiyaning taxminicha, hodisaga kuchli chang ko`tarilgan kuchli shamol sabab bo`lgan, bu esa ko`rishni sezilarli darajada yomonlashtirgan va yo`lda harakatlanishni qiyinlashtirgan.

 

    Boshqa yangiliklar