Ijtimoiy tarmoqda Farg`ona shahrida maktab o`quvchisi bo`lgan qiz o`zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo`lgani haqida xabar tarqalgan.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, 14 yoshli qiz D.K. (maktab o`quvchisi) o`gay otasi bilan o`zaro janjallashib qolishi natijasida Farg`ona shahrining Tarona ko`chasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan hamda u erdan pastga o`zini tashlab, o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lgan.
Voqea joyiga borgan Farg`ona shahar IIB va FVV xodimlari D.K.ni tomdan sog`-omon tushirib olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






