“Toshkent shahridagi iste`molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–91-son, 11.03.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug`bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo`lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi.
Yunusobod, Mirzo Ulug`bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiya rekonstruksiya qilinib, ularning o`tkazish quvvati 179 MVAga oshiriladi.
Eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.
Shuningdek, qaror bilan:
2023 – 2025 yillarda Toshkent shahrining past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturining maqsadli ko`rsatkichlari tasdiqlandi.
Dastur doirasida jami 2 969,8 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 703 ta transformator punkti yangilanadi.
Shuningdek, respublikaning boshqa hududlaridagi elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha rejalar ishlab chiqiladi.






