AsosiyJamiyat

Buxoroda inspektorga pora taklif qilgan haydovchi qo`lga olindi

'Buxoroda inspektorga pora taklif qilgan haydovchi qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro YHXB inspektoriga pora taklif qilgan. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda avtomobil boshqarib, yo`l harakati qoidabuzarligini sodir etgan haydovchi ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga 100 dollar miqdorida pora taklif qilgan.

Inspektorning IIB boshlig`i nomiga yozgan bildirgisi asosida 2023 yil 6 mart kuni IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Kogon shahrida joylashgan avtomobil maydonchasida fuqaro inspektorga 100 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar