Xitoyning Shimoliy Koreya bilan chegaradagi Lyaonin provinsiyasida yuz bergan g`ayrioddiy hodisa ijtimoiy tarmoqda tarqamoqda. Tarqalgan videoda yo`llar va avtomobillar yomg`irdan so`ng qurtlar bilan qoplanganini ko`rish mumkin.
Mahalliy Wion nashriga tayanib, "zamon.uz"ning xabar qilishicha, bu haqiqatdan ham “qurt yomg`iridan” keyingi tasvir. Hukumat aholidan soyabon bilan ko`chaga chiqishni so`ragan.
Meteorologlar hasharotlar bo`ron vaqtida kuchli shamol orqali bu erga kelib qolganini aytmoqda.
Ammo ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ham mashinalar ustidagi qurt ekaniga ishonmayapti. Ayrimlar bu terak guli ekanini yozgan bo`lsa, boshqalar bu montaj ekanini aytmoqda.
Eslatib o`tamiz, 2011 yilda Shotlandiyada ham qurtlar yomg`iri kuzatilgan.






