Vengriya poytaxti Budapeshtdan 20 km g`arbda M1 trassasida yirik avtohalokat sodir bo`ldi. 42 ta avtomobil to`qnashib ketdi, ulardan 5 tasi yuk avtomobili, 37 tasi engil avtomobil, deya xabar beradi TASS agentligi.
Poytaxt polisiyasi bosh boshqarmasi xabar berishicha, 19 ta avtomobil yonib ketgan, 40 ga yaqin kishi jarohatlangan.
«39 kishi kasalxonaga etqazildi. Ulardan 29 nafari kattalar, 10 nafari bolalardir. Kattalardan 10 kishi og`ir jarohat, 19 nafari engil tan jarohatini olgan. 4 nafar bola og`ir, 6 nafar bola engil tan jarohati oldi», – dedi Milliy tez yordam xizmati matbuot kotibi Pavel Dyorfi.
Uning so`zlariga ko`ra, jabrlanganlarni evakuasiya qilish uchun 4 ta vertolyot va 16 ta tez tibbiy yordam mashinasi jalb qilingan.
13.03.2023 11:14
Budapeshtda yirik avtohalokat yuz berdi
