Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ham ko`rib chiqilgan. Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug`bek Berdiqobilovich nomzodini tavsiya etdi.
Nomzodning viloyatda aholi bandligini ta`minlash va daromadini oshirish, qishloq xo`jaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo`yicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.
So`ng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo`yildi. Ovozga qo`yish natijalariga ko`ra, Ulug`bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib chiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantirish bo`yicha turgan vazifalarni belgilab berdi.






