AsosiyDunyo

Pokistonga Hindiston samolyoti favqulodda qo`ndi

'Pokistonga Hindiston samolyoti favqulodda qo`ndi'ning rasmi

Hindistonning IndiGo xususiy aviakompaniyasi samolyoti bortda yo`lovchi halok bo`lgani sababli Pokistonga favqulodda qo`ndi. Bu haqda "Korrespondent" nashri yozdi deb xabar bermoqda Zamon.uz 

Hodisa bugun ertalab bortida 163 nafar yo`lovchisi bilan Dehlidan Dohaga uchgan samolyotda sodir bo`lgan. Uchuvchi nigeriyalik yo`lovchining “nafas olishdan to`xtagani” haqida xabarni olgandan so`ng samolyotni Karachiga burgan. Pokiston fuqaro aviasiyasi boshqarmasining aniqlik kiritishicha, 60 yoshli erkakning salomatligi parvoz vaqtida yomonlashgan, shundan so`ng kapitan Karachi aviadispetcheriga murojaat qilib, shifokor va tez yordam chaqirishni so`ragan. Tekshiruvdan so`ng aeroportning tibbiy guruhi yo`lovchining o`lganini e`lon qilgan.

Eslatib o`tamiz, Hindiston va Pokiston o`rtasida munosabatlar keskinlashgan: ular 1947 yildan beri uch marta urush olib borishgan. Hozirda mamlakatlar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslar mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar