AsosiyDunyo

Armaniston yana Ozarbayjonni o`qqa tutdi

'Armaniston yana Ozarbayjonni o`qqa tutdi'ning rasmi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston matbuotida ozarbayjon harbiylari tomonidan Yuxara Shorja (Basarkechar viloyati) yo`nalishida armanlarning pozisiyalarida amalga oshirilgani aytilayotgan “o`q uzilishi” haqidagi nashrlarga izoh berdi.

Departamentning tushuntirishicha, Armaniston Qurolli kuchlari dastlab Ozarbayjon armiyasi pozisiyalarini o`qqa tuta boshlagan. Shu bois Ozarbayjon tomoni o`q javob qaytarishga majbur bo`ldi.

Vazirlik Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari zarur hollarda tegishli javob choralarini ko`rishda davom etishiga ishontirdi.

Ma`lumot uchun, 8 mart kuni kechqurun va 9 martga o`tar kechasi arman harbiylari va noqonuniy qurolli tuzilmalar jangarilari Ozarbayjon pozisiyalarini jami 23 marta o`qqa tutgan. Shusha shahri yo`nalishidagi oltita tuman va pozisiyalar o`qqa tutildi. Otishma Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan hududlardan ham sodir bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar