AsosiySiyosat

Senat yalpi majlisi boshlandi: referendum masalasi ko`rib chiqilmoqda

'Senat yalpi majlisi boshlandi: referendum masalasi ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Bugun, 14 mart kuni, Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttiz sakkizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a`zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda. Unda “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazish haqidagi masala ko`rib chiqilmoqda.

Yalpi majlis “O`zbekiston 24”, “O`zbekiston” teleradiokanallari, “Uzreport” telekanali hamda Senatning YouTube tarmog`idagi sahifasi orqali to`g`ridan-to`g`ri yoritib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar