AsosiyJamiyat

23−31 mart kunlari yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e`lon qilindi

'23−31 mart kunlari yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e`lon qilindi'ning rasmi

Uzbekistan Airways Yoshlar turizmi haftaligi o`tkazilishi munosabati bilan 23−31 mart kunlari mahalliy yo`nalishlardagi aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e`lon qildi.

Chegirma 12 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan maktab o`quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga amal qiladi. Aviachipta qaytarilganda, qayta bronlashtirilganda yoki qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish va qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig`imlarga nisbatan qo`llanilmaydi.

Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo`lgan yo`lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi. To`liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo`nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to`g`ri kelmasa, to`liq tarif darajasiga chegirmalar qo`llanilmaydi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways Sales yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar