Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar bir fuqaro ichki ishlar organlarining formasida sherigi bilan ishlagan videosi tarqaldi. Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur video yuzasidan IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan va uni tayyorlagan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. To`plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha G`allaorol tuman sudi tomonidan ko`rib chiqilgan.
“O`zim vaynerman, odamlarga kulgili qisqa videolarni ulashish bo`yicha ishlayman. Hozirgi videomizni ham Rossiya kanallarida ko`rganman va tarjima qilib, o`zimizda chiqardim. Bundan maqsad organ xodimlarining ustidan kulish emas, odamlarga sof kulgi ulashish edi”, - deydi ayblanuvchi.
Sud qarori bilan vaynerlardan biri MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bilan aybdor deb topilib, unga 15 sutka, sherigiga esa 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.