13 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Faruqni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Baxtiyor Saidov Pokiston elchisi Ahmad Faruqdan ishonch yorlig`ining nusxasini qabul qilib olgan.
Shuningdek, suhbat chog`ida O`zbekiston-Pokiston o`rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikasiya aloqalari, mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish bo`yicha takliflar ko`rib chiqilgan. Ikki tomonlama va ko`p tomonlama shakllarda bo`lajak tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari muhokama qilingan.






