Forumning yalpi majlisida ikki davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bag`ishlangan ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda yakuni bo`yicha mamlakatlar oliy o`quv yurtlari o`rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memoradumi va yo`l xaritalari imzolandi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ularda Tojikiston oliy o`quv yurtlari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigasiya va suv resurslari, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmasevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirish ko`zda tutilgan.
Ma`lumot o`rnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik bo`yicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda yurtimizning 5 ta oliy o`quv yurtida ta`lim tojik tilida olib boriladigan maktab, lisey va oliy o`quv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.
14.03.2023 18:27