2023 yilning 16 mart kuni Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining "Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami" mavzusida navbatdan tashqari sammiti bo`lib o`tadi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
O`zbekiston etakchisi mazkur sammitda ishtirok etishi ko`zda tutilgan.
Sammit yaqinda Turkiyada sodir bo`lgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini o`taydi. Unda TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko`rsatish bo`yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar.
Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazilishi rejalashtirilgan.






