O`zbekiston TIV rahbari vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Saidov Niderlandiya Qirolligining O`zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Andre Karstens bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Suhbat chog`ida o`zaro savdo aylanmasini ko`paytirish, istiqbolli sohalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy va parlamentlararo aloqalarni institusionallashtirishga alohida e`tibor qaratildi.






