AsosiyDunyo

Bayden va Sunak Ukrainaga yordam masalasini muhokama qildi

'Bayden va Sunak Ukrainaga yordam masalasini muhokama qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jozef Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak San-Diegodagi ikki tomonlama uchrashuvda Ukrainani qo`llab-quvvatlashni davom ettirish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

"Davlat rahbarlari bir qator global muammolar, jumladan XXR tomonidan yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash bo`yicha umumiy majburiyatlar bo`yicha fikr almashdilar. Shuningdek, ular Ukrainani sobitqadam qo`llab-quvvatlashni ta`kidladilar", — deyiladi xabarda.

Bayden va Sunak Kievga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko`rsatishni davom ettirish muhimligini ta`kidlashdi. Siyosatchilar, shuningdek, Rossiyaning urush olib borish qobiliyatiga qarshi kurashish uchun yangi iqtisodiy choralarni birgalikda qabul qilishga kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar