AsosiyJamiyat

Andijonda tadbirkorlarni noqonuniy tekshirgan 13 nafar soliq inspektori aniqlandi

'Andijonda tadbirkorlarni noqonuniy tekshirgan 13 nafar soliq inspektori aniqlandi'ning rasmi

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil (biznes-ombudsman) devoni xodimlari soliq inspeksiyalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarida o`tkazilgan tekshirishlarning qonuniyligini o`rgandi.

O`rganishlar natijasida Andijon viloyati shahar va tuman soliq inspeksiyalari inspektorlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarida o`tkazilgan tekshirishlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlangan.

O`rganishlar natijasida 2023 yil yanvar fevral oylari davomida soliq inspeksiyasining jami 13 nafar inspektori ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Bo`ston tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori N.N.ga nisbatan “B.M.M.” (nomi o`zgartirilgan) MChJ faoliyatida o`tkazilgan tekshirish jarayonida belgilangan tartiblarni buzgani uchun Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ma`muriy ish sud tomonidan ko`rib chiqilib, bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravar (12 million so`m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar