AsosiyJamiyat

Toshkentning ikki tumanida gaz ta`minoti vaqtincha o`chiriladi (ro`yxat)

'Toshkentning ikki tumanida gaz ta`minoti vaqtincha o`chiriladi (ro`yxat)'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor hamda Yashnobod tumanlarida 15 mart kuni gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, ta`mirlash ishlari sababli ertaga Chilonzor tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi, “Novza” metro bekati yonidagi, o`rta bosimli erosti d-89 mmli gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi “Metro market” binosi yonidan o`tgan, o`rta bosimli erosti d-57 mmli gaz quvuridan gaz sizib chiqishi aniqlangan.

Holatni bartaraf qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli 15 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Shundan aholi iste`molchilari:

  • “Chilonzor” MFYdagi jami 1890 ta uy xo`jaligi hamda ko`p qavatli uylardagi aholi xonadonlarida;
  • “Charx komolon” MFYdagi 894 ta uy xo`jaligida;
  • “2- Charx komolon” MFYda joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2240 aholi xonadonlarida;
  • “3- Charx komolon” MFYda joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2460 aholi xonadonlarida;
  • “Katta Chilonzor 1” MFYda (1-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2180 aholi xonadonlarida;
  • “Katta Chilonzor 2” MFYda (2-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2284 aholi xonadonlarida;
  • “Katta Chilonzor 3” MFYda (3-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2470 aholi xonadonlarida;
  • “Novza” MFYda (4-24-mavzelar) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2880 aholi xonadonlarida;
  • “Beshchinor” MFYda (5-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2320 aholi xonadonlarida;
  • “Dilobod”, “Xalqlar do`stligi” MFYlarida (6-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 3220 ta aholi xonadonida;
  • Chilonzor 5-mavzeda joylashgan 1-2-3-4-49-50 ko`p qavatli uylardagi jami 504 ta aholi xonadonida.

Shuningdek, ta`mirlash ishlari sababli Yashnobod tumanining ayrim joylarida ham tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Yashnobod tumani “Bahor” MFY, hududidan o`tgan o`rta bosim d-219 mmli zulfunini ta`mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning, “Yashnobodtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli 15 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tumanning “Bahor” MFYdagi jami 450 ta uy xo`jaligida hamda hududdagi 3 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Ta`mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. Etkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`rgan.

    Boshqa yangiliklar