AsosiyJamiyat

Prezidentlik muddati 7 yilga uzaytirilmoqda

'Prezidentlik muddati 7 yilga uzaytirilmoqda'ning rasmi

«O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida»gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi matni meningkonstitutsiyam.uz saytida e`lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Konstitusiyaviy qonun loyihasida amaldagi Konstitusiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga oshirilmoqda.

Konstitusiyaviy qonun loyihasiga ko`ra:

  • Prezident vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Senat tasdig`iga kiritadi;
  • Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o`z vakolatlari amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida Prezident Administrasiyasini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
  • Prezident O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan etti yil muddatga saylanadi.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli.
  • Bosh vazir nomzodini saylovda yutgan partiya emas, Prezident parlament quyi palatasiga taqdim qiladi. Bunda u barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashadi.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha, 14 mart kuni Oliy Majlis Senati Konstitusiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo`yishni ma`qullagan edi.

    Boshqa yangiliklar