AsosiyJamiyat

Farg`onada telegram guruhlar orqali diniy mazmundagi ma`ruzalar tarqatgan 22 yoshli yigit 900 ming so`m jarimaga tortildi

'Farg`onada telegram guruhlar orqali diniy mazmundagi ma`ruzalar tarqatgan 22 yoshli yigit 900 ming so`m jarimaga tortildi'ning rasmi

Farg`onada diniy mazmundagi materiallarni tarqatish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. 

Joriy yilning 9 mart kuni Oltiariq tumani IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Oltiariq tumani, Sertut mahalla hududida yashovchi 2001 yilda tug`ilgan M.Z o`zining "Samsung A33" rusumidagi mobil apparatida internetning "Telegram" ijtimoiy tarmog`ida tegishli profilida har xil nomdagi guruhlari orqali diniy mazmundagi audio va video formatdagi diniy ma`ruzalarini tarqatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 184-moddasi prim 2–moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudiga yuborilgan.

Sud huquqbuzar M.Z.ga yuqoridagi moddaga asosan, BXMning 3 barobari 900.000 so`m miqdorda jarima jazosi taynlandi.

    Boshqa yangiliklar