Joriy yilning 14 mart kuni soat 15:18da Chinoz bekatida ikki bolakay poezdning yuk vagoni ustiga chiqib olishgan. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" kompaniyasi xabar berdi.
Xavfli harakatlar natijasida bolalar, M.I. (2013 yilda tug`ilgan) va B.B. (2012 yilda tug`ilgan), kontakt tarmog`ining elektr ta`minoti kuchlanishida tan jarohatlar olishgan. Ikkala yosh bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri – 20%, ikkinchisi – 80% tana kuyishi bilan yotqizildi.
"Farzandlaringiz bilan qator xavfsizlik mavzularida tez-tez suhbat qurishingizni iltimos qilamiz! Shu jumladan, ular bilan temir yo`l liniyalari yaqinida harakatlanish va ulardan otish qoidalari haqida tushuntirish suhbatlari olib borishni, hamda vagonlarga chiqish qanchalik xavfli ekanligi haqida batafsil tushuntirishni so`rab qolamiz. Bularning barchasi turli xil jarohatlarga, shu jumladan oqibati o`gir va o`limga olib kelishi mumkin.
Ushbu baxtsiz hodisada ham bolalar mashhur ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga tushish va ko`proq «layk» olishni maqsad qilganlar. Baxtsiz hodisa natijasida, bolalar nafaqat o`zlariga, balki yaqinlari uchun ham katta musibat etkazdilar", - deyiladi kompaniya xabarida.






