AsosiyDunyo

Turkiyaning kuchli zilzila kuzatilgan hududida kuchli suv toshqin sodir bo`ldi(video)

'Turkiyaning kuchli zilzila kuzatilgan hududida kuchli suv toshqin sodir bo`ldi(video)'ning rasmi

Turkiyada, shimoliy Qoradengiz mintaqasi, Bartindan Sinopga qadar bo`lgan viloyatlarda kuchli suv toshqini kuzatildi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda.

Toshqinga kuchli yomg`ir sabab bo`lgan. Mintaqada evakuasiya boshlangan, bir ayol bedarak yo`qolgan, kamida besh kishi halok bo`lgan.

Bartin shahrida ko`p qavatli uylari suv bosib, avtomobillarni oqizib ketgan.

Qayd etilishicha, Bartin va Qorabuk viloyatlarini bog`lovchi yo`lda ko`prikning qulashi oqibatida 13 kishi jabrlangan.

Ko`p hududlarda elektr energiyasi uzilib qolgan. Sinop viloyatida davlat shifoxonasi evakuasiya qilindi.

Ichki ishlar vazirligi Bartin, Kastamona va Sinop viloyatlari aholisidan xavfsiz joylarini tark etmaslikni so`ragan.

    Boshqa yangiliklar