Bugun, 15 mart kuni yosh xokkeychilarimiz Mo`g`ulistonda davom etayotgan qit`a chempionatining 4-turida musobaqada 3 ochko bilan 5-o`rinda borayotgan Tailand terma jamoasini mag`lub etib, muddatidan avval chempionlikka erishdi. O`zbekiston — Tailand-10:2.
Endi hamyurtlarimiz ertaga, 16 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi bilan so`nggi tur bahslarida ro`baro` keladi.
Eslatib o`tamiz, qit`aning 6 ta davlat terma jamoasi qatnashayotgan chempionatda hamyurtlarimiz o`tgan tur bahslarida Turkmanistonni 5:0, Eronni 14:1, Mo`g`ulistonni 7:4 hisobida dog`da qoldirgan edi.
15.03.2023 17:13
O`zbekistonning yosh xokkeychilari muddatidan avval qit`a chempionligiga erishdi
