Joriy yilning 1 mart holatiga fuqarolar 2022 yil uchun nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarda ta`lim olish uchun yo`naltirgan daromadlari bo`yicha 17,7 mlrd so`m soliq imtiyozidan foydalangan. Bu haqda DSQ xabar bermoqda.
Shundan:
- 9 731 nafar fuqaro jami yillik deklarasiya topshirish orqali 15,3 mlrd so`m daromad solig`i summasini qaytarib olgan;
- 1 079 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1 698 nafar fuqaroga ish beruvchi tomonidan to`lov manbaida 2,4 mlrd so`mlik daromad solig`idan imtiyoz qo`llanilgan.
2022 yil 1 apreldan farzandlariga nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko`rsatadigan ta`limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to`lanadigan oyiga 3 mln so`mgacha bo`lgan to`lovlariga yo`naltiriladigan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.
Unga ko`ra,
- ota-onalar tomonidan nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarga to`lovlarni ish haqidan pul o`tkazish yo`li bilan to`lagan bo`lsa, soliq imtiyozi (ish beruvchi tomonidan) to`lov manbaida qo`llaniladi;
- 2022-yilda ta`lim uchun to`lov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul, banklardagi omonat va plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi soliq organlariga jami yillik daromadlar to`g`risidagi deklarasiyani joriy yilning 1-apreliga qadar topshirish yo`li orqali beriladi.