AsosiyJamiyat

DXM va YHXB bo`limlarida bayram kunlarida ham eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish imkoniyati yaratildi

'DXM va YHXB bo`limlarida bayram kunlarida ham eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.
Avvalroq ma`lum qilganidek, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga almashtirilishi lozim:
- 2010 yilgacha berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
 Shu o`rinda 2023 yil 31 mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010 yilgacha berilgan eski "prava"lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining ko`pligini hisobga olgan holda  18-19-20 hamda 22 mart kunlari DXM hamda IIBB YHXB bo`limlari tomonidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoni yaratildi.
 Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko`rib chiqildi.
Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda DXMlar hamda IIBB YHXB bo`limlari orqali haydovchilarimiz ertalab soat 9:00dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, eski namunadagi “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXB murojaat qilishingiz balki uydan turib YaIDXP buyurtma berishingiz mumkin.
Joriy yil fevraldan boshlab hozirgi kunga qadar 5 500 dan ortiq fuqaro ushbu taklif etilayotgan tartibdan foydalangan holda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirgan (pochta orqali uylariga etkazib berilgan).
Ma`lumot uchun: 
Bugungi kunga kelib 2010 yilgacha berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim bo`lganlar soni 200 mingdan ortiqni,
 2010–2012 yillarda berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim bo`lganlar soni 100 mingdan ortiqni,
 2013–2015 yillarda berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim bo`lganlar soni 150 mingdan ortiqni, 
2015 yildan keyin berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim bo`lganlar soni 150 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Joriy yilda 600 mingdan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilishi lozim.

"Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi.
Sizlardan ham xizmatlardan foydalanishda tartibni saqlashingizni, navbatga rioya qilishingizni hamda o`zaro hurmatni saqlab, sabrli bo`lishingizni so`rab qolamiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar