AsosiyJamiyat

Toshkentda Navro`z bayrami qaysi manzillarda nishonlanishi ma`lum bo`ldi

'Toshkentda Navro`z bayrami qaysi manzillarda nishonlanishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Tadbirlar 22 martgacha har kuni, 23 martdan 15 aprelga qadar esa haftaning har shanba va yakshanba kunlari soat 18:00 dan 21:00 ga qadar bo`lib o`tadi.

Bayram tadbirlarida taniqli xonandalar, aktyor va aktrisalar, sirk ustalari va boshqa ijodkorlar ishtirok etadi.

Manzillar:
- Bektemir tumanidagi Madaniyat markazining old maydonida;
- Mirobod tumanidagi “Furqat” madaniyat va istirohat bog`ida;
- Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog`ida;
- Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” madaniyat va istirohat bog`ida;
- Olmazor tumanidagi "Beruniy" metrosi yonidagi ochiq maydonda;
- Uchtepa tumanidagi “Seul Eko park” madaniyat va istirohat bog`ida;
- Chilonzor tumanidagi "Magic City";
- G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida;
- Shayxontohur tumanidagi “Anhor Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog`ida;
- Yunusobod tumanidagi “Amir Temur” sayilgohida (Brodvey);
- Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” sayilgohida;
- Yakkasaroy tumanidagi “Moviy gumbazlar” sayilgohida;
- Yangihayot tumanidagi “Green park” madaniyat va istirohat bog`ida.
 

    Boshqa yangiliklar