AsosiyDunyo

AQShda o`z chaqalog`ini o`ldirgan ota-ona oradan 31 yil o`tib qo`lga tushdi

'AQShda o`z chaqalog`ini o`ldirgan ota-ona oradan 31 yil o`tib qo`lga tushdi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlarida polisiya 31 yil oldin yangi tug`ilgan qizini o`ldirishda gumon qilingan er-xotinni hibsga oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Qizning jasadi 1992 yil 17 aprelda Pikayune shahridagi axlatxonadan topilgan. Kriminalistlar bolaning o`sha kuni tug`ilganini va tug`ilgandan bir necha daqiqa o`tib bo`g`ib o`ldirilganini aniqlashgandi. O`sha vaqtda qotilni fosh qilishga imkon beradigan dalillarni topishning iloji bo`lmagan. Shunga qaramay, tergov yana uch yil davom etgan.

Qotillik bo`yicha qayta tergov 2021 yilda boshlangan. Missisipi tergov byurosi xodimi sud-genetik ekspertiza o`tkazish uchun grant oldi va o`zidan oldingilar tomonidan jinoyat joyida to`plangan DNK namunalarini sinab ko`rishga qaror qildi. Genetik genealogiyani o`rganishning zamonaviy usullari jinoyatni marhumning ota-onasi bo`lgan Inga Yoxansen Kerrier va uning turmush o`rtog`i Endryu Kerer tomonidan sodir etilganligini aniqlashga imkon berdi. Har ikki gumonlanuvchi ham hozir 50 yoshda. Ular hozirda garov pulisiz qamoqxonada saqlanmoqda. Ular birinchi darajali qotillikda ayblangan. Missisipi qonuniga ko`ra, ular o`lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar