1

O`zbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida Janubiy Koreya ustidan g`alaba qozonib finalga chiqdi

Sport 15.03.2023, 21:57
O`zbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida Janubiy Koreya ustidan g`alaba qozonib finalga chiqdi

Futbol bo`yicha 20 yoshgacha bo`lgan o`yinchilar o`rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 yarim finalida O`zbekiston terma jamoasi 15 mart, chorshanba kuni Janubiy Koreyaga qarshi o`yin o`tkazdi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limda ham har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan qator vaziyatlar bo`ldi. Biroq asosiy vaqt yakuniga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.

Asosiy vaqtda g`olib nomi aniqlanmagach qo`shimcha bo`limlarga murojaat etildi. Unda ham hisob o`zgarmadi va penaltilar seriyasiga navbat berildi. “Futbol lotereyasi”da omad o`zbekistonlik futbolchilarga kulib boqdi.

O`zbekiston finalda Iroq yoshlariga qarshi o`ynaydi. Final o`yini 18 mart, shanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1