Navoiyning Zarafshon shahridagi 12 qavatli bino derazalari devorga biriktirilmagani aniqlandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, loyiha hujjatlarida ob`ektning yig`ma temir-beton konstruksiyalar asosida qurilishi ko`zda tutilgan. Tashqi tomondan to`ldiruvchi sifatida gazoblok materialidan foydalanish ko`rsatilgan.
Videolavhada aks etgan gazoblok to`ldiruvchi materialining asosga mahkamlanish tartibi loyiha hujjatlarida ko`rsatilmagan. Bog`lash, mustahkamlash chizmalari va qirqimlari loyihaga aniq kiritilmagan.
Shu sababli mutasaddi xodimlar takroriy ravishda ma`muriy javobgarlikka tortilgan. Sifatsiz bajarilgan gazoblok terish ishlari 15 kun avval hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlanib, joyida buzdirib tashlangan.






