Turkiyadagi erto`lada 5 kishining jasadi topilgan. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So`ylu ma`lum qildi, deb yozdi TRT Haber.
Uning so`zlariga ko`ra, Shonliurfada 12 kishi, Odiyomonda yana 2 kishi halok bo`lgan. Besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Anadolu agentligi xabariga ko`ra, 14 mart kuni Shonliurfada kuchli yomg`ir yog`gan. Viloyat ma`muriy markazining bir qator ko`cha va xiyobonlarini suv bosgan. O`t o`chirish xizmati ma`lumotlariga ko`ra, Vaysul Qoroniy kvartalidagi binoning erto`lasidan besh kishining jasadi topilgan, ular Suriya fuqarolari bo`lgan.