AsosiyJamiyat

Samarqandda 1000 AQSh dollari evaziga fuqaroning ism-sharifini o`zgartirib bermoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi (video)

'Samarqandda 1000 AQSh dollari evaziga fuqaroning ism-sharifini o`zgartirib bermoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Samarqandda korrupsiya va poraxo`rlik bo`yicha reyd bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 10 mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda 2023 yil fevral oyi boshlarida qizini AQShga yuborish uchun uning familiyasi va ismini o`zgartirmoqchi bo`lib yurganida, o`ziga oldindan tanish bo`lgan "Z.D." hozirgi kunda advokatlik faoliyati bilan shug`ulanayotganligini, mazkur masalani hal qilishda «O.» ismli hamkasbi ham yordam berishligini aytganligini, shundan so`ng fevral oyi o`rtalarida ularning Samarqand shahrida joylashgan ofisiga borgan vaqtida, «O.» undan qizining tug`ilganlik guvohnomasini olib qolganligini, Z.D. qizining otasi roziligisiz familiyasi va ismini o`zgartirish masalasini O. bilan birgalikda o`zlarining tanishlarini moddiy manfaatdor etish orqali hal qilib berishini aytib, evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma`lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 10 mart kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Z.D. va O.lar ariza muallifidan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar