AsosiyJamiyat

Farg`onada er o`zaro kelishmovchilik sabab bolta bilan xotiniga jarohat etkazdi (video)

'Farg`onada er o`zaro kelishmovchilik sabab bolta bilan xotiniga jarohat etkazdi (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyati Buvayda tumanida er o`zaro kelishmovchilik sabab bolta bilan xotiniga jarohat etkazdi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informasion dasturida ma`lum qilindi.

Voqea 2022 yil oxirlarida sodir bo`lgan. Avval spirtli ichimlikka ruju qo`yib, keyin undan voz kechishga qaror qilgan  E.R. rafiqasi yana turli gaplarni aytganidan jahli chiqib, erga yiqitib, boltaning orqa tarafi bilan ayolning peshonasiga urgan. G`azablangan erkak xotinini yana urmoqchi bo`lganida ayol o`zini himoya qilgan va farzandlari etib kelib, boltani tortib olgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida ayolga o`rtacha og`ir darajadagi tan jarohati etkazilgani ko`rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, jabrlanuvchiga davolanishi uchun qaynotasi 1,5 ming AQSh dollari bergan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Beshariq tuman sudida ko`rib chiqilgan mazkur ishda ayblanuvchi E.R. Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Boshqa yangiliklar