Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo`lib o`tadi. Bu haqda Konstitusiyaviy komissiya Matbuot xizmati xabar berdi.
“O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasining referendumi 2023 yil 30 aprel kuni o`tkaziladi.
Referendum kuni o`z turar joyida bo`lish imkoniyatiga ega bo`lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.